Jurnal haqida

«Innovatsion taʼlim va iqtisodiyot» (IEE) — taʼlim va iqtisodiyot sohasidagi original ilmiy tadqiqotlarni nashr etuvchi, chorakda bir marta chiqadigan ochiq kirishli xalqaro ilmiy-elektron jurnal.

Har bir maqola ikki tomonlama anonim (double-blind) taqrizdan oʻtadi, antiplagiat va sunʼiy intellekt tekshiruvidan soʻng DOI raqami bilan nashr etiladi. Jurnal Google Scholar, Crossref, Zenodo va boshqa xalqaro bazalarda indekslanadi.

Jurnalning asosiy yoʻnalishlari:

  • Taʼlim sifati va innovatsion pedagogik texnologiyalar
  • Raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish
  • Inson kapitali va mehnat bozori
  • Taʼlim va iqtisodiyot integratsiyasi

Nashr tili: oʻzbek, ingliz va rus tillari. Maqolalar qabul qilish yil davomida ochiq.